17:45 / 17.02.2020
5431
EPSILON (EDC): GRP qo‘llanilgach, ikki quduq kunlik debiti ko‘rsatkichi 620 ming kub.m ni tashkil etdi
Foto : EPSILON

Joriy yil 17 fevral kuni amalga oshirilgan GRP ortidan Nazarquduq-2 va Talimarjon-5 quduqlaridan gazning sanoat oqimi olindi.

Xususan, Nazarquduq-2 qudug‘ining kunlik debiti 500 ming kub.m, Talimarjon-5 qudug‘ining kunlik debiti esa 120 ming kub.m ni tashkil etdi.

Shuningdek, ertaga 18 fevral kuni Ernazar-4, Chigil-2 hamda Mirbaraka-1 quduqlarida o‘tkazilgan GRP dan so‘ng, ulardan sanoat miqyosidagi gaz oqimining ortishi kutilmoqda.

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Top