20:24 / 17.02.2020
5205
EPSILON (EDC): Uglevodorodlar zahiralari ortishi 21 mlrd. kub.m gaz, 877 ming t kondensat va 4,6 mln. t neft hajmi ko‘rinishida tasdiqlandi

Joriy yil 17 fevral kuni «O‘zbekneftgaz» huzuridagi zahiralar bo‘yicha Markaziy komissiya kompaniyamiz tomonidan 2019 yilda ochilgan 6 ta yangi konlarning zahiralarini tasdiqladi.

Foto: EPSILON

Ular Muborak blokida joylashgan Bahoriston, Qirqchashma hamda Kultak-Qamashi blokida joylashgan Mirbaraka, G‘arbiy Ernazar, Karakara va Hujum konlaridir.

Shuningdek, ishlatilayotgan Chigil konida uglevodorodlar zahiralari o‘sishi ham tasdiqlandi.

Kompaniya kelgusida zahiralar ortishini ta'minlash maqsadida konlarda qidiruv oldi ishlarini davom ettirmoqda.   

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Top