17:02 / 17.02.2020
0
11520
Livanda general Sulaymoniyning haykali o‘rnatildi
Foto: Al Hadath

Livanda eronlik general Qosim Sulaymoniyning haykali ochildi. Bu jarayon «Al Hadath» telekanali efirida namoyish etildi.

Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al Quds» maxsus bo‘linmasi yetakchisi general Sulaymoniyning haykalini o‘rnatish tashabbusi shialarning «Hizbulloh» harakatidan chiqqan.

Haykal ochilishida nutq so‘zlagan «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh general Sulaymoniyning o‘ldirilishi AQSh va Isroilning Yaqin Sharqdagi maqsadlariga qarshi kuchlar uchun jang ochilishi deb atadi.

«Tramp bu vahshiyona ishi bilan bizga urush ochdi. Bunga qarshi faqat birgalikda kurashish mumkin», deya Nasrullohning so‘zlarini keltirgan TASS agentligi.

U Tramp taklif qilgan «asr kelishuvi»ni AQSh prezidentining «ikkinchi jinoyati» deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSh harbiylari o‘tkazgan operatsiya natijasida o‘ldirilgandi.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top