22:32 / 17.02.2020
0
7408
NASA eng baland joylashgan bulutlarni ko‘rsatdi

NASA olimlari sayyoramiz atmosferasidagi eng baland joylashgan kumushrang bulutlarni suratga oldilar. Ushbu surat “fazo chekkasidan otkritka” deb nomlandi.

Foto: Instagram /NASA

Ta'kidlanishicha, surat Tinch okeanining janubiy qismi ustida 433 km balandlikda joylashgan Xalqaro koinot stansiyasidan olingan.

"Ushbu elektrik rangidagi bulutlarni quyosh gorizontdan pastga tushganda va ularni yoritgandagina ko‘rish mumkin", deb tushuntirilgan NASA’da.

Kumushrang rang yoki “tungi yorug‘lanuvchi bulutlar” Yerning mezosferasida 76-85 km balandlikda hosil bo‘ladi va ularni yoz kunlarining g‘ira-shira payti ko‘rish mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top