11:48 / 17.02.2020
1
7089
Termizda qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘qotar qurolni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyatida qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘qotar qurolni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 31 yanvar kuni Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan maxsus tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir jarayonida Termiz tumanida yashovchi 39 yoshli R.S. qo‘lbola usulda o‘zi yasagan o‘qotar qurol va 12 dona patronni jami 1 750 000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan va undan qurol va patronlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan qo‘lbola qurol va patronlar jangovar holatda otish uchun yaroqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.S.,ga nisbatan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top