10:58 / 17.02.2020
0
5368
Toshkent viloyatida 501 mln so‘mlik tovarlarning o‘zlashtirilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida 501 812 800 so‘m miqdordagi tovarlar o‘zlashtirildi, tergov olib borilmoqda

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 2 fevral kuni Turkmaniston Respublikasi fuqarosi 54 yoshli M.B. Toshkent tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U 2019 yilning iyul oylarida 38 yoshli U.M. bilan kelishib, O‘zbekiston Respublikasiga jami 22 ta vagon “Gaza beton” g‘ishtlarni keyinchalik sotish maqsadida Toshkent tumanidagi omborlardan biriga tushirib, keyinchalik ulardan umumiy qiymati 501 812 800 so‘mlik 7ta vagon “Gaza beton” g‘ishtlarni talon-toroj qilib, sotib yuborilayotganligi holati yuzasidan U.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top