14:54 / 18.02.2020
2
10108
Elmira Bositxonova: «Ayollar oliy ma'lumot olishining o‘zi yetarli emas»
Foto: KUN.UZ

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro konferensiyaning fuqarolarning ijtimoiy farovonligini ta'minlash bo‘yicha ustuvor masalalarga bag‘ishlangan sessiyasida bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova so‘zga chiqdi.

O‘z nutqida qo‘mita raisi xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash masalalariga to‘xtaldi. 

“O‘tgan yili statistik ma'lumotlarga ko‘ra, oliy ta'limdagi qizlarning soni oshgan. Ularning ulushi 40 foizni tashkil etdi. 2011 yil deyarli 9 yildagi ko‘rsatkich taqqoslaganda atigi 4 foizga ortgan. Xotin-qizlarning savodxonlik darajasi esa 99,98 foizni, dunyodagi eng ilg‘or ko‘rsatkichlardan birini tashkil etdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda o‘rta ta'lim olgan xotin-qizlarning 35 foizi ishlaydi, oliy ma'lumotli xotin-qizlarning esa 68 foizigina ish bilan ta'minlangan. 

Oliy ta'lim olish imkoniyatlarining kengaytirilishi ayollar orasida ish bilan ta'minlanganlik darajasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 
Ayollarning oliy ma'lumot olishining o‘zi yetarli emas. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda namuna ko‘rsatsagina, mamlakatimizda ilm olishga qiziqadigan qizlarning soni ko‘payadi”, - dedi Elmira Bositxonova.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top