11:08 / 18.02.2020
2
19438
Koronavirus tufayli og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirildi
Foto: olympic.kz

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati Xitoyda koronavirusning yangi turi tarqalishi sababli Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirildi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumotda aytilishicha, musobaqani Qozog‘iston hukumati Xitoy bilan chegaradosh mamlakatlardan bo‘lgan yo‘lovchilarning harakatiga cheklovlar kiritgani sababli boshqa joyda o‘tkazishga qaror qilindi.

«Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi hozirgi vaziyatni zudlik bilan muhokama qildi va Osiyo chempionatini O‘zbekistonga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorga keldi», - deyiladi bayonotda.

Turnir 16-25 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni 72,4 ming kishidan oshdi. 1868 kishi epidemiya qurboniga aylangan. 

Kasallikka chalingan 72 436 kishidan 12 552 inson virusdan davolandi va kasalxonadan chiqarildi. 1868 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bir sutka ichida mamlakatda yana 1886ta yangi kasallanish holati aniqlandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top