08:40 / 18.02.2020
3
12656
O‘zbekistonga dron olib kirish va undan foydalanish tartibini soddalashtirish taklif qilindi

O‘zbekiston Respublikasiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish va foydalanish tartibini soddalashtirish taklif etilmoqda

Foto: Stas Etvesh

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston Respublikasiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish va foydalanish tartibini soddalashtirish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, respublikada turizm va uni rivojlantirishga oxirgi yillarda katta e'tibor va mablag‘lar ajratilmoqda. 2019 yil davomida millionlab xorijlik sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 

“Ulardan bir qanchasi taklifimizga asosan chet eldan tashrif buyurib, chegaradan o‘tishganida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirishda juda ham mushkul vaziyatda qolishgani va boshqa davlatlarda hech qanday muammolarsiz olib kirib juda ham chiroyli video tasvirlarga olishganini ta'kidlashdi. O‘zbekistonga sayohatni bir qancha davlatlarda reklama tarzida ko‘rsatishmoqda va bunga tayanib sizlardan O‘zbekiston Respublikasi hududida dronlar, ya'ni uchuvchisiz uchadigan apparatlarni uchirish tartibini qaytadan ko‘rib chiqib yengillashtirishingizni hamda qonunlarda belgilangan (MJTK 1162-modda) jazo va uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish uchun bojxona tomonidan qo‘yiladigan taqiqlarni qaytadan ko‘rib chiqib ularga o‘zgartirish kiritishingizni so‘rayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Ta'kidlanishicha, tasvirga olish uchun mo‘ljallangan dronlar orqali mamlakatning juda ko‘p chiroyli manzillarini tasvirga olish, internet nashrlarida uni tarqatish hamda respublikadagi turizmni yanada rivojlantirish zarur.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish va ulardan foydalanish tartibini soddalashtirishni taklif qilamiz”, - deya yakunlanadi petitsiya.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top