13:29 / 18.02.2020
0
2237
Sharqshunoslik instituti talabalarining amaliyoti bog‘chalarda tashkil etilishi mumkin

Maktabgacha ta'lim vazirligi va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamkorlik va o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, kelishuvning asosiy maqsadi bolalar orasida ma'naviyatni shakllantirish, ularni milliy madaniy qadriyatlarga munosib tarbiyalash bo‘yicha birgalikda ishlash hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishning innovatsion usullarini joriy qilishdir. 

«Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ko‘p yillar mobaynida malakali kadrlarga ta'lim berib, yetkazib bermoqda. Ular, aynan bizga havodek zarur bo‘lgan yoshlardir. Maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar va tarbiya jarayoniga ta'limni joriy qilishda ta'lim berish sifatini yangi bosqichga ko‘tara oladigan kadrlar tanqisligi masalasi paydo bo‘ldi», - dedi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.

Uchrashuvda oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonida amaliyotning o‘rni alohida ta'kidlandi. Shundan kelib chiqqan holda TDShI talabalari amaliyotini MTTlarda tashkil etish taklif etildi. 

MTTda xorijiy tillarga o‘rgatishni tashkil etish bolalarning kelgusida bir necha tilni bilishida mustahkam poydevor bo‘ladi, deyiladi vazirlik ma'lumotida. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top