10:44 / 18.02.2020
0
11745
Xitoyda virus qurbonlari soni 1900ga yaqinlashmoqda

17 fevral kuni Xitoyda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan yana 1886 kishi zararlangani aniqlandi.

Foto: AFP

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, endilikda mamlakatda virusni yuqtirganlarning jami soni 72 ming 436 kishiga yetgan.

18 fevral tongidagi ma'lumotlarga ko‘ra, kasallikdan yana 98 kishi vafot etgan, epidemiya boshlanganidan buyon berilgan qurbonlar soni — 1868 kishini tashkil qilmoqda. Yana 12552 kishi kasallikdan sog‘ayib ketgan.

South China Morning Post nashri hisoblariga ko‘ra, Xitoyning materik qismidan tashqaridagi bemorlar soni 997 nafar. Eng ko‘p holat Yaponiyada qayd etilgan — 619, shundan 454 kishi «Daymond Prinsess» layneri yo‘lovchilaridir.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top