16:01 / 19.02.2020
1
5791
Dushmanlarga ham ravo ko‘rilmaydigan kasallik. Oqqonga chalingan bolajonlar yaxshilar yordamiga muhtoj

Odamzod yaralibdiki, uning hayotida yaxshi kunlar ham, yomon kunlar ham bo‘ladi. Kimlardir yaxshi onlarga shukr qiladi, kimlardir yo‘q. Og‘ir kunlarni ham Allohning bir sinovi deb, hali yaxshi kunlar oldinda ekanini tushungan insonlar ham sabr bilan yashamoqda. Ammo, farzandingning so‘nayotganini ko‘rish, ozgina pul bo‘lganida hozir tengqurlari qatori o‘ynab yurishini bilib yashashdan-da azobli dard yo‘qdir.

Shuning uchun ham Kun.uz sayti jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olish va Siz yaxshilarga ularning iltimosini yetkazish maqsadida oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori hamda yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlashdik.

Birinchi bemorimiz Ikromov Ikromjon. 2017 yil 9 mayda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani tug‘ilgan. Ikromjonning onasi Hilola Shokirovaning aytishicha, Gematologiya bolalar shifoxonasiga 2019 yil sentabr oyida kelishgan. Yelib-yugurib topganlari dori-darmonlarga, kundalik xarajatlarga yetmaydi. Dorixonalardan anchagina qarz bo‘lib qolishgan.

“Mening ham farzandim tengqurlari qatori o‘ynab yurishini, kelajakda sog‘lom, baquvvat bo‘lib davlatimizga kerakli inson bo‘lib xizmat qilishini xohlayman”, deydi Ikromjonning onasi Hilola opa. Endigina 3 yoshga kirayotgan Ikromjonga yaxshilar ko‘magi juda zarur.

Ikromjonga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0423 7336 8850

(Agrobank, otasi Tilakberdiyev Iqboljon nomida)

Telefon raqami: +99890 509 07 63

Navbatdagi ko‘makka muhtoj bolajon Fatxullayeva Malika Buxoro viloyatidan kelgan. 5 yoshli Malika 6 oydan beri oqqon kasalligi bilan kurashib kelmoqda. Buning natijasida oilaning sotadigan moli, asqotadigan mulki qolmagan. Ham moddiy, ham ma'naviy tomonlama juda qiynalib qolishgan.

“Oilada faqat xo‘jayinim ishlaydi xolos. Uning topgan-tutganlari ro‘zg‘ordan ortib, dori-darmonlarga yetmay qolgan. Uydagi sotiladigan barcha narsalarimizni sotib bo‘ldik. Hozir yordamga juda ham muhtojmiz”-, deydi Malikaxonning onasi Zamira Berdiyeva. Bu oilaning ahvolini tushunib, yordam qo‘lingizni uzatasiz, degan umiddamiz.

Malikaga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0610 0988 6275

(Xalq banki, onasi Berdiyeva Zamira nomida)

Viza (Sberbank) 4276 3801 6156 9012

Telefon raqami: +99890 018 72 70

So‘nggi bemorimiz Turg‘unoy Mahmudova. 2008 yil 18 mart kuni Andijon shahrida tug‘ilgan. Onasi Dildora Rasulovaning so‘zlariga ko‘ra, oqqon kasalligi bilan 2019 yil noyabr oyidan beri kurashib kelmoqda. Oilada yagona farzand bo‘lgan Turg‘unoy kelajakda shifokor bo‘lib, o‘ziga o‘xshagan bemorlarni davolash niyatida.

“Farzandim har kuni ertalab ko‘zini ocharmikan, degan savol bilan uyg‘onish, yoniga borib nafas olyaptimi, deb yuziga boqish juda katta azob. Bu holatni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman”-, deydi Dildora opa.

Turg‘unoyga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0423 3306 2064

(Agrobank, otasi Dildora Rasulova nomida)

Telefon raqami: +99891 484 46 80

Azizlar! Bemorlarimiz bilan tanishib chiqdingiz. Ular ham boshqalar kabi hayotga bir marta kelishgan, tengdoshlari qatori o‘ynab-kulishga, xursandchilikda yashashga haqlidir. Albatta bu bir sinov. Bu sinovni yengib o‘tishda biz ham bir vosita bo‘lib, bolalarning shifo topishi, xastalikdan forig‘ bo‘lishida hissamizni qo‘shaylik. Zero bu nafaqat ular uchun, balki biz uchun ham bir sinov, ertangi taqdirimiz uchun ham bir imkoniyatdir.

 Abror Zohidov, Bekjon Jo‘raqulov, tasvirchi Abdusalim Abduvohidov.

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top