14:50 / 19.02.2020
0
3373
Germaniya internet ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi

Qayd etilishicha, Germaniyada internetdan g‘arazli maqsadlarda foydalanayotgan o‘ta o‘ng ekstremistik guruhlar xavfi kuchayib bormoqda. 

Foto: REUTERS

Germaniya hukumati ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik chaqiriqlar va siyosatchilarga nisbatan tahdidlar joylashtirganlik uchun keskin nazorat va javobgarlikni ko‘zda tutuvchi choralar to‘plamini ma'qullashi kutilmoqda. Bu haqda Germaniya OAV xabar berdi.

"Kelgusida internetda tahdid qilganlar yoki nafrat tarqatganlar keskinroq va samaraliroq ta'qib qilinadi", - deyiladi Germaniya adliya vaziri Kristina Lambrextning bayonotida.

Qonun loyihasidagi asosiy choralardan biri zararli postlarni tezroq o‘chirib tashlashga erishish uchun Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlariga nisbatan bosimni kuchaytirish hisoblanadi. 

Qayd etilishicha, GFRda internetdan g‘arazli maqsadlarda foydalanayotgan o‘ta o‘ng ekstremistik guruhlar xavfi kuchayib bormoqda. 

Yaqinda Germaniyada masjidlarga hujum qilishni rejalashtirgan 12 kishi hibsga olindi. Ular hujumlarni tashkil etish uchun turli messenjerlardan foydalangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top