02:04 / 19.02.2020
0
16608
Haydovchining qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida uch kishi vafot etdi
Foto: YHXBB

Joriy yilning 18-fevral kuni soat 08:30 larda A-373-B “Qo‘qon shahriga kirish” yo‘li Dang‘ara tumani hududidan o‘tgan qismining 14-kilometrida haydovchi U.A. “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi Buvayda tumanida yashagan Y.A. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli transport vositasiga hamda uning ortida harakatlanib kelayotgan Furqat tumanida yashovchi J.Z. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasiga to‘qnashgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Natijada, “Tiko” rusumli transport vositasi xaydovchisi A.Y. va yo‘lovchisi M.B. hamda “Lasetti” rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi M.X.lar voqea joyida vafot etishgan.

 

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top