16:13 / 19.02.2020
0
1316
Ibrohim Abdurahmonov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

18 fevral kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi. 

Tomonlar ikki davlat o‘rtasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Vengriya ilmiy tadqiqot muassasalarida olimlar va tadqiqotchilarning malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, birgalikda texnoparklar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Peter Siyyarto  o‘rta va oliy ta'lim tizimi iqtisodiyotning real sektori talablariga ko‘ra mutaxassislarni tayyorlashi zarurligi va shu orqali mehnat bozorini takomillashtirish mumkinligi borasida Vengriya tajribasiga asoslangan holda fikrlar bildirdi.  

I. Abdurahmonov startap ekotizimini rivojlantirish, venchur jamg‘armalarini takomillashtirishga xissa qo‘sha oladigan kadrlarning yurtimizda kamligi va bu bo‘yicha qator ishlar qilinish zarurligini ta'kidladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top