09:38 / 19.02.2020
1
11970
«Isuzu» va «Neksiya» to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

To‘qnashuv natijasida “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi va ushbu avtomashina yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 18 fevral kuni soat 06:40larda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida haydovchi O.I. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtobus hamda ushbu yo‘nalishda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelgan haydovchi F.Q. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi F.Q. va ushbu avtomashina yo‘lovchisi F.X. voqea joyida vafot etishgan.

Bildirilishicha, yo‘lovchilar D.X. va N.R. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni, transport vositasini ob-havo sharoitini hisobga olgan holda boshqarishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top