15:16 / 19.02.2020
3
36322
Janubiy Koreya sobiq prezidenti 17 yilga qamaldi

Li Myon Bak o‘zi yirik aksiyadori bo‘lgan DAS avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya mablag‘larini o‘zlashtirishda hamda prezidentlik davrida Samsung Electronics kompaniyasidan pora olishda gumon qilingandi.

Foto: AFP/Getty Images

Seul yuqori sudi Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Li Myon Bakni (2008-2013 yillar) mablag‘larni o‘zlashtirish va o‘ta yirik miqdorda pora olishda aybdor deb topdi. Yonhap agentligining xabar berishicha, mamlakat sobiq rahbariga 17 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, 78 yoshli Li Myon Bak 15,7 mln dollar jarima to‘laydi.

Prokuratura Li Myon Bakni o‘zi yirik aksiyadori bo‘lgan DAS avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya mablag‘larini o‘zlashtirishda hamda prezidentlik davrida Samsung Electronics kompaniyasidan pora olishda gumon qilgandi.

Li Myon Bak 2018 yil 22 martda hibsga olingan, 5 oktyabrda Seul yuqori sudi uni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Ammo 2019 yil martda u salomatligi yomonlashgini sababli qamoqdan ozod qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top