11:01 / 19.02.2020
0
2417
O‘zbekistonga har yili 12 milliondan ortiq kishi tashrif buyurishini kutmoqdamiz - Abduhakimov

Toshkent shahrida Uzbekistan Airpors, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekistonga kelgan turistlar soni va bu boradagi rejalar haqida aytib o‘tdi.

«2019 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 6 mln 700 ming kishini tashkil etdi. Bu 2016 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soniga qaraganda 5 barobar ko‘pdir, o‘shanda faqatgina 1 mln 300 ming kishi kelgandi. 2025 yilga kelib O‘zbekistonga har yili 12 mln.dan ortiq kishi tashrif buyurishini kutmoqdamiz», - dedi bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.

Bundan oldin, Aziz Abduhakimov O‘zbekiston har bir charter reysga necha ming dollar kompensatsiya taqdim etishini aytgandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top