09:28 / 19.02.2020
0
8342

Toshkent - Andijon poyezdi texnik sabab tufayli to‘xtab qoldi

Toshkent - Andijon yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezdi texnik sabab tufayli to‘xtab qoldi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

2020 yil 18 fevral kuni soat 18:34da 62-sonli Toshkent - Andijon yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezdi to‘xtab qoldi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, bu texnik sabab tufayli ro‘y bergan bo‘lib, poyezd Aqcha - Abliq peregonida to‘xtagan. 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida soat 19:55dan boshlab mazkur poyezd o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettirdi.

«Bunday noqulaylik uchun «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma'muriyati barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raydi», - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top