11:26 / 19.02.2020
1
18794

Toshkentda Lexus haydovchisi bir yil ichida 29 marta belgilangan tezlikni oshirgan

Lexus egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oshirishga yo‘l qo‘ygan

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Toshkent shahrida Lexus LX-570 rusumli transport vositasi egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oshirishga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

“Toshkent shahar yo‘llarida tezlikni o‘lchovchi radarlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, ayrim haydovchilar bir necha marotaba radarning e'tiboriga tushib, sodir etgan qoidabuzarligi uchun javobgarlikka tortilsa ham tezlik talablariga amal qilmasliklari davom etmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Misol sifatida keltirilishicha, Lexus LX-570 rusumli transport vositasi egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oshirishga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan.

Ushbu toifadagi haydovchilar bilan profilaktik choralar ko‘rilishi natijasida mazkur transport vositasi haydovchisi 2020 yilda hali bunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymagani aytiladi.

“Hurmatli haydovchilar! Tezlikni oshirib, radarga tushish obro‘ni oshirmaydi, aksincha oilaviy budjetga yoki og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarishga, begunoh insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga yoki bir umrga nogiron bo‘lib qolishiga olib keladi. Hurmatli harakat ishtirokchilari! Sizga oq yo‘l tilab, shoshilmaslikni va yo‘l harakati qoidalarini hurmat qilib, ularga rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi YHXBB xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top