10:31 / 19.02.2020
3
33723

Uzbekistan Airways 4ta Boeing samolyotini sotmoqda

Uzbekistan Airways to‘rtta eski Boeing samolyotini 12 mln dollardan 22 mln dollargacha bo‘lgan narxda sotuvga qo‘ydi

Uzbekistan Airways AJ to‘rtta Boeing samolyotini sotmoqda. Bu haqda aviakompaniya saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, bu aviaparkni yangilash va kelgusida unifikatsiyalashtirish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Quyidagi havo kemalari sotuvga taklif etilyapti:

Boing 757-200 UK-75701 (1999 y.)
12 030 000 AQSh dollari qiymatida;

Boeing 757-200 UK-75702 (1999 y.)
12 408 000 AQSh dollari qiymatida;

Boeing 767-3 CBER UK-67007 (2003 y.)
21 414 000 AQSh dollari qiymatida;

Boeing 767-3 CBER UK-67008 (2004 y.)
22 362 000 AQSh dollari qiymatida.

Bundan oldin, Uzbekistan Airways 15 yil ichida birinchi marta yangi formani taqdim etgandi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top