17:31 / 19.02.2020
0
7012

Yamanda mamlakat mudofaa vaziriga suiqasd uyushtirildi

Ma'lumotlarga ko‘ra, mina portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Foto: AP Photo / Mohammed al-Qadhi

Yamanning tan olingan hukumati mudofaa vaziri Muhammad Ali al-Maqdashiyga nisbatan suiqasd uyushtirildi. Bu haqda mamlakat axborot vazirining maslahatchisi Muxtor ar-Raxbiy Twitter sahifasida ma'lum qildi.

"Yaman mudofaa vaziri sharqiy frontga safari chog‘ida avtomobili minada portlashi vaqtida omon qoldi. Uning hamrohlari orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor", - deb yozdi ar-Raxbiy.

"Al-Jazira" telekanalining xabar berishicha, suiqasd Maarib viloyati g‘arbida yuz bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mina portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top