15:15 / 20.02.2020
0
7101

Germaniyaning Xanau shahrida sodir etilgan otishma oqibatida o‘n bir kishi halok bo‘ldi

Qotil Germaniyadagi ayrim xalqlar yo‘q qilinishi kerakligini, ammo buning uddasidan chiqolmaganini yozib qoldirgan.

Foto: AP

Germaniyaning Xanau shahrida payshanbaga o‘tar kechasi noma'lum shaxs ikkita chilimxona va bukmekerlik idorasiga hujum qilishi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. 

Keyinroq oitshma sodir etganlikda gumon qilingan shaxs o‘z uyida jonsiz holda topildi. Uning yonida yana bir jasad bo‘lgan.

Politsiya u yolg‘iz o‘zi harakat qilganini va o‘ng ekstremistik kayfiyatda bo‘lganini bildirdi, deb yozmoqda "Bild" gazetasi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, u nima uchun bunday qilgani to‘g‘risida maktub va videoyozuv qoldirgan.

En-te-fau telekanalining xabar berishicha, u Germaniyadagi ayrim xalqlar yo‘q qilinishi kerakligini, ammo buning uddasidan chiqolmaganini bildirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top