09:54 / 20.02.2020
1
4756
Hokimlarning telekanallar orqali xalqqa har chorakda hisobot berish tartibi joriy etilishi mumkin

Hokimlarning tele va radiokanallar orqali xalqqa har chorakda hisobot taqdim etish tartibini joriy etish haqida taklif berildi

Foto: Fotolia / Karelin Dmitriy

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida hokimlarning tele va radiokanallar orqali xalqqa har chorakda hisobot taqdim etish tartibini joriy etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, viloyat va tuman (shahar) hokimlari tele va radiokanallar orqali aholiga har chorakda hisobot taqdim etib borsa, bu orqali jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi, eng kamida efir vaqtida murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etiladi. 

Shuningdek, murojaatda aytilishicha, xalq bilan samarali muloqot tashkil etiladi, ularga islohotlar mazmuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlar orqali yetkaziladi, rahbar xodimlar, hokimlarning mas'uliyati ortadi.

“Shu sababli, viloyat va tuman (shahar) hokimlarining tele va radiokanallar orqali xalqqa har chorakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobot taqdim etib borish amaliyotini joriy etishni taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Bundan oldin, hokimlar xalq deputatlari viloyat kengashlarida hisobot berishini nazarda tutuvchi tizim joriy qilinishi xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top