09:08 / 20.02.2020
0
41462

Po‘lat Bobojonov Xorazmda yig‘ilish o‘tkazdi. 10 nafar xodim lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Unda ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.Bobojonov, viloyat hokimi F.Ermanov, viloyat va shahar-tuman sektor rahbarlari, jumladan, ichki ishlar, prokuratura, soliq, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun mas'ul bo‘lgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. 

Foto: IIV axborot xizmati

Yig‘ilish davomida o‘z xizmat vazifalarni bajarishda mas'uliyatsizlik va beparvolik bilan yondashib, xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun viloyat IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi boshlig‘i R.Xodjiyev, Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i Q.O‘rinov, Xiva tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Madraximov va Hazorasp tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Yusupov va yana 6 nafar profilaktika inspektorlari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi. Shuningdek, bir qator xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Uchrashuv yakunida so‘z olgan viloyat hokimi F.Ermanov yig‘ilishda ta'kidlangan kamchiliklar yuzasidan fikr bildirib, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha yo‘l xaritalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi, deyiladi Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabarida. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top