21:33 / 20.02.2020
0
4793

Qaroqchilar Nigeriya sohillari yaqinida bir necha dengizchini o‘g‘irlab ketdi

Qayd etilishicha, qaroqchilar jami 10 dengizchini, jumladan bir necha nafar Gruziya fuqarosini o‘g‘irlab ketgan. 

Foto: AFP

Nigeriyaning Lagos porti yaqinidagi tankerga hujum qilgan qaroqchilar bir necha nafar gruziyalik dengizchini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda "Rustavi-2" telekompaniyasi xabar berdi.

Telekompaniyaning ma'lumot berishicha, qaroqchilar Liberiya bayrog‘i ostidagi kemaga tunda hujum uyushtirgan.

Qayd etilishicha, qaroqchilar jami 10 dengizchini, jumladan bir necha nafar Gruziya fuqarosini o‘g‘irlab ketgan. 

Qaroqchilar hujum chog‘ida o‘qotar qurollardan foydalangani xabar qilinmoqda.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top