12:22 / 20.02.2020
0
2932

Reproduktologiya klinikalari uchun jihozlash me'yorlari tasdiqlandi

Foto: Norma.uz

Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga tuzatishlar kiritildi. Ular uch oy o‘tgach kuchga kiradi
 
Tibbiyot muassasalarini har bir tibbiy ixtisoslashuv bo‘yicha jihozlash me'yorlari 2017 yil iyul oyida tasdiqlangan. Qabul qilingan hujjat bilan ayrim eng kam talablarga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritildi. Norma ulardan ayrimlarini keltirib o‘tdi.
 
Birinchidan, quyidagi ixtisoslashuvdagi tibbiyot muassasalari uchun (maslahat, diagnostika, konservativ va (yoki) operativ davolashdan iborat bo‘lgan ambulator va statsionar) zarur asbob-uskunalar ro‘yxati belgilandi:

intervension kardiologiya;

reproduktologiya;

neonatologiya.
 
Ikkinchidan, hijoma, girudoterapiya, fitoterapiya, gomeopatiya, apiterapiya, akupunktura, akupressura, su-djok kabi davolash turlari uchun xalq tabobati xonasida nima bo‘lishi kerakligi belgilandi.
 
Uchinchidan, quyidagilardan iborat tibbiyot muassasalarida bo‘lishi majburiy bo‘lgan asbob-uskunalar turlari kiritildi:

parazitologik laboratoriya diagnostikasi;

biomaterial yig‘ish punkti yoki bakteriologik laboratoriya diagnostikasi tashkil etiladigan.
 
Hujjat 15.05.2020 yildan kuchga kiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top