23:14 / 20.02.2020
2
18778
Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan, 19-20 fevral kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi. Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonot, shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etib, rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan yangi kutubxonaning birinchi faxriy mehmonlari bo‘ldi.

Shu tariqa davlat rahbarining Turkiyaga tashrifi yakunlandi. Prezidentni «Esonbug‘a» aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kuzatib qo‘ydi.

UPD. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari 20 fevral kechasi Toshkentga yetib keldi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top