23:32 / 20.02.2020
0
8080
Trampning sobiq maslahatchisi uch yilu to‘rt oyga ozodlikdan mahrum qilindi

U yolg‘on ko‘rsatma berish, AQSh kongressi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga xalal berishga urinish va guvohni qo‘rqitishda aybdor deb topildi. 

Rojyer Stoun / Foto : EPA-EFE/SAMUEL CORUM

Vashington sudi 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi davrida Donald Trampning maslahatchisi bo‘lgan siyosiy texnolog Rojyer Stounni uch yilu to‘rt oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda Washington Post gazetasi xabar bermoqda.

U yolg‘on ko‘rsatma berish, AQSh kongressi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga xalal berishga urinish va guvohni qo‘rqitishda aybdor deb topildi. 

10 fevralda davlat ayblovi suddan uni yetti yilu uch oydan to‘qqiz yilgacha ozodlikdan mahrum etishni so‘ragandi. Prezident Donald Tramp bu so‘rovni tanqid qildi. Ertasiga adliya vazirligi Stounni kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishni so‘rab so‘rovnoma kiritdi. Dastlabki so‘rovnomani imzolagan to‘rt nafar federal prokurorning barchasi ushbu ishdan voz kechishini bildirdi.

AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi prezidentni ishga "siyosiy aralashuv" va mansabini suiiste'mol qilishda aybladi. Tramp esa adliya vazirligidan hukmga nisbatan qarashini o‘zgartirishini so‘ramaganini aytib, bu ishga aralashganini rad etdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top