08:30 / 20.02.2020
0
15317

Xitoyda koronavirusni davolashda qo‘llash mumkin bo‘lgan dorilar ro‘yxati e'lon qilindi 

Xitoyda koronavirus keltirib chiqaruvchi kasallikni davolashda qo‘llash tavsiya qilinadigan dorilar ro‘yxati e'lon qilindi. 

Foto: EPA-EFE/ALEX PLAVEVSKI

Xitoyning gigiyena va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi kasallik diagnostikasi va uni davolash rejasining 6-tahririni e'lon qildi. Unga virusga qarshi kurashda samaradorligini aniqlash uchun klinik sinovlardan o‘tkazilayotgan dori vositalari kiritilgan. 

Ro‘yxatga “Ribavirin”, “Lopinavir/Ritonavir”, “Interferon alfa” hamda Abidol kiritilgan. Ta'kidlanishicha, Abidol Xitoyning SSY Group Limited farmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilib, sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan virusga qarshi dori vositasi “Arbidol”ning muqobili bo‘lishi mumkin.   

Tavsiyalarda ko‘rsatilgan dorilardan bir vaqtda 3tadan ko‘pini ichib bo‘lmasligi, davolash davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerakligi ta'kidlab o‘tilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi kasallanish holatlari 23 yanvardan beri eng minimum qiymatni tashkil qildi. Oxirgi sutka ichida 394ta kasallanish holati qayd etilgan.

Pekinda kasallanish holatlarining bunday kamayishi statistik ma'lumotlarga tuzatish kiritilishi bilan tushuntirilgan. Misol uchun, dastlab Uxanning o‘zida 600dan ko‘proq kishi kasallangan deb qayd qilingan, biroq natijalar qayta tekshirilganda 279ta holatda koronavirus tashxisi tasdiqlanmagan. 

Xitoyda oxirgi sutkada koronavirusdan 114 kishi (Xubeyda 108 kishi) vafot etib, qurbonlar umumiy soni 2118 nafarga yetdi, 1779 kishi davo topgan. Kasallanganlarning umumiy soni 74,57 ming nafarni tashkil qilmoqda.  

Xitoy tashqarisida virusdan umumiy hisobda 8 kishi vafot etgan. Eron va Hongkongda 2tadan, Tayvan, Yaponiya, Fransiya va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd etilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top