19:50 / 20.02.2020
0
21833
Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Umar Ismailov hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda Jahongir Qo‘shnazarovich Sa'dullayev Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Jahongir Sadullayev mehnat faoliyatida Ichki ishlar organlarida mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Bu lavozimga tayinlangunga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Yig‘ilishda Xorazm viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari ham tayinlandi. Xususan, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Gulsara Axmedovna Kurbanbayeva hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari lavozimiga Sardorbek Qabulovich Rahimov va Matkarim Jumaniyazov tayinlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top