20:38 / 21.02.2020
0
13785
AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 600 dona shaxsiy himoya vositalari to‘plami berdi

AQSh hukumati O‘zbekistonga mamlakatning koronavirusga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 600 dona shaxsiy himoya vositalari to‘plamini topshirdi.

Foto: AQShning Toshkentdagi elchixonasi

AQSh elchixonasi saytida ma'lum qilinishicha, 20 fevralda AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markaziga to‘plamlarni yetkazib berishgan.  

Elchixona ma'lumotlariga ko‘ra, yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha xalqaro donorlarga shaxsiy himoya vositalari va koronavirus diagnostikasi uchun test-to‘plamlar yetkazib berish iltimosi bilan murojaat qilgan.   

Bu murojaatga javoban AQShning Mudofaa xavfini kamaytirish agentligi (DTRA) 600 dona shaxsiy himoya vositalari to‘plami, jumladan yuz uchun niqoblar, kombinezonlar, plastik niqoblar, respiratorlar va qo‘lqoplar xarid qilish uchun mablag‘ ajratgan.

Foto: AQShning Toshkentdagi elchixonasi
Foto: AQShning Toshkentdagi elchixonasi
Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top