09:00 / 21.02.2020
18869
«BARS tires» avtomobil shinalari: sifatli, hamyonbop va eng muhimi – milliy mahsulot!
Foto: BARS tires

So‘nggi kuzatuvlarga ko‘ra, yurtimiz iqtisodiyoti rivojlanishning yangi bosqichiga kirdi. Davlatimiz va hukumatimiz sa'y-harakatlari natijasida ko‘plab sohalar – ta'lim, sport, qurilish, tibbiyot, sanoat, energetika, neft-kimyo va yana boshqa sohalarda oldinga intilish tez suratlar bilan bormoqda.

Xususan, ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlar, zavod va fabrikalarning barpo etilishi, mamlakatimiz aholisini ish bilan ta'minlabgina qolmay, yalpi ichki mahsulot ulushining oshishida va eksport o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarib, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan milliy brendlar o‘zining sifatli va hamyonbopligi bilan mijozlar e'tiborini va mehrini qozonib kelmoqda. 2014 yilda asos solingan va 2018 yil ishga tushirilgan, Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan, O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan «Birinchi rezinotexnika zavodi»da ishlab chiqariluvchi «BARS tires» brendi ostidagi avtomobil shinalari ham shular jumlasidandir. Bu zavodda Germaniya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya va Xitoy davlatlaridan olib kelingan yuqori texnologiyali qurilmalardan foydalaniladi.

Xorijda malakasini oshirib kelgan o‘zbek yigit va qizlari tomonidan Janubiy Koreya, Singapur, Indoneziya davlatlaridan keltirilgan xom-ashyo bilan, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmokda. Zavodda chiqarilgan avtomobil shinalari jahon standartlariga mos ravishda chidamliligi, yumshoqligi, dizayni va boshqa texnik parametrlari tufayli xalqaro sertifikatlarga ham egadir.

Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan davlatlar, xususan, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va yana boshqa g‘arb mamlakatlari aholisi rivojlanishining ilk bosqichlarida ilm-fan, ta'lim, ishlab chiqarish sohalarini o‘zlashtirib yoki sohasining eng zo‘r mutaxassisi bo‘libgina qolmay, davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda, ishlab chiqarishni kengaytirish va shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish bilan o‘z davlati iqtisodiyoti o‘sishida katta poydevor bo‘lib xizmat qilishgan. Hozirda O‘zbekistonda ham milliy brendlar – ya'ni, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan (MADE IN UZBEKISTAN) tamg‘asi ostida chiqayotgan mahsulotlar nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham ommalashib bormoqda.

Ishonamizki, biz ham rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilishga yaqinlashib borar ekanmiz, sifatli va ishonchli mahsulotlarimizni xalqimiz tomonidan ham sotib olinishi ortib boradi. Zero, zamonaviy fikrlaydigan hech qaysi bir ishlab chiqaruvchi sifatsiz mahsulot taklif etib, ko‘proq foyda olish ortidan quvmaydi. O‘zbekistonda «Birinchi Rezinotexnika zavodida» ishlab chiqarilayotgan «BARS tires» avtomobil shinalari hozirgi kunda O‘zbekiston bozoridagi avtomobil shinalarining eng yaxshilaridan biridir va bu haydovchilarimiz tomonidan sinalib ulgurdi.

BARS avtoshinalarini respublikamizning barcha hududlaridagi do‘konlardan xarid qilishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz tashrif buyuring:

Telegram: t.me/barstires

Instagram: @bars_tires

Sayt: www.brz.uz

Telefon: +998 71 230-00-12

Reklama huquqi asosida

 

 

Top