13:35 / 21.02.2020
0
9700
Hindistonda uchinchi operatsiya arafasida turgan go‘dak shamollab qoldi. Unga ko‘mak zarur

Tahririyatimizga Qashqadaryoning G‘uzor tumanida yashovchi Safiya Abdialimova bir yildan beri betob yotgan farzandi uchun ko‘mak so‘rab murojaat qilgandi, uning murojaati asosida saytimizda “Nafas olishdan mahrum murg‘ak go‘dak saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj” nomli maqola e'lon qilingan edi.

Onasining aytishicha, 2018 yil 27 sentyabrda kutilmaganda bolada talvasa (sudorogi) boshlanib, komaga tushib qolgan. Murg‘ak Hakimjon shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida 3 hafta komada yotgan. Bolaning burun va tomoq yo‘li yopilib qolgani uchun shifokorlar bo‘g‘zidan teshib ochib, trubka ulab qo‘yishgan.

Bir yildan beri faqat tomog‘idagi trubka orqali nafas olayotgan, burun va tomoqdagi nafas yo‘li berkilib qolgan bola hozirgacha na o‘tira oladi va na yura oladi. Bo‘ynidagi trubkasi esa har o‘n besh kunda almashtirib turilishi shart. Hakimjon uzzukun parvarishga muhtojligidan Safiya ishlamaydi, bolaning muolajasiga esa pul kerak.

Birinchi maqolamizdan so‘ng saxovatli insonlarning yordami bilan operatsiya uchun kerakli mablag‘ yig‘ilib, 2019 yilning 19 dekabr kuni ona-bola davolanish uchun Hindistonga ketishgan edi. Safar oldidan Kun.uz’ga intervyu berib, farzandining taqdiriga befarq bo‘lmay yordam qo‘lini cho‘zgan insonlarga minnatdorlik bildirgan edi.

O‘tgan vaqt davomida Hakimjon ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Operatsiyalar natijasida bolaning nafas yo‘llari ochilgan va yo‘l yana yopilib qolmasligi uchun yana bir trubka ulab qo‘yilgan. Uchinchi operatsiyadan so‘ng bo‘yindagi teshik butkul yopilib, bola burunlari orqali nafas ola boshlashi kerak edi.

Biroq navbatdagi operatsiya arafasida Hakimjon kutilmaganda shamollab qolgan va bu qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqargan. Ayni paytda kislorod balonchasi orqali nafas olayotgan bola shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

“Bir yarim yildan beri bolamning ovozini eshitmadim. U tuzalib ketsa boshqa hech narsa kerak emas. Bittagina farzandimning boshqa bolalar kabi erkin nafas olishi uchun yordam beringizlar. Sizlarni bir umr duo qilaman. Sizlar uchun bir umr qo‘lim duoda bo‘ladi”, deya zorlanadi onaizor.

Bir yarim yildan beri tabiiy ravishda nafas olmagan bola o‘zi mustaqil nafas olib ketishi ham muayyan vaqt va parvarish talab qiladi. Operatsiyadan keyin Hakimjon qancha vaqt davomida shifokorlar nazoratida bo‘lishiyam noma'lum. Yolg‘iz boshi bilan musofir yurtda yurgan onaga ko‘mak zarur. Saxiy yurtdoshlarimizni Hakimjonning shifo topishiga o‘z hissangizni qo‘shishdek xayrli ishga chorlab qolamiz.

Hakimjonning onasi Safiya Abdialimova nomiga ochilgan karta

Click/PayMe:

8600 0602 5046 3610 (Xalq banki)

CBeRBANK viza kartasi (Rossiya va boshqa davlatdagilar uchun):

4817 7601 7920 2076 (bemorning qarindoshi Abduazizov Ural nomida)

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun Safiya Abdialimovaning pasport ma'lumotlari:

Abdialimova Safiya Baxtiyor qizi AB 9607789

Jamshid Niyozov
Kun.uz muxbiri

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top