21:09 / 22.02.2020
1
34866
Hindistonda mamlakat oltin zaxirasidan besh marta ko‘proq oltin bo‘lgan kon topildi

Hozirgi kunda Hindistonning oltin zaxiralari 620 tonna deb baholanadi, AQShniki esa 8,1 ming tonna. Germaniya oltin zaxiralari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda - 3,4 ming tonna.

Foto : Shutterstock

Hindistonlik geologlar Uttar Pradesh shtatida qariyb 3 ming tonna oltin rudasi bo‘lgan konni aniqladi.

Reuters agentligining bildirishicha, kon muvaffaqiyatli qayta ishlansa, mamlakat o‘zining oltinga bo‘lgan ehtiyojini qisman qondirishi mumkin bo‘ladi. Ma'lumot berilishicha, hozirda Hindiston yiliga ikki-uch tonna oltin qazib oladi va qimmatbaho metalni xorijdan keltirishga majbur.

Times of India gazetasining yozishicha, agarda olimlarning hisob-kitobi to‘g‘ri bo‘lsa, mamlakat oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oladi. 

Hozirgi kunda Hindistonning oltin zaxiralari 620 tonna deb baholanadi, AQShniki esa 8,1 ming tonna. Germaniya oltin zaxiralari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda - 3,4 ming tonna.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top