13:45 / 22.02.2020
0
7337
Jizzax viloyatida yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida oilasidan ayrildi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 22 fevral kuni soat 03:30larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 984-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tumanda yashovchi N.S. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashinasini Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtomashina yo‘l chetiga ag‘darilgan. 

Natijada yuk avtomashinasi salonida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i Sh.S. va voyaga yetmagan farzandi S.T. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

“Hurmatli haydovchilar, charchoq holatida transport vositasini boshqarmasligingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top