08:46 / 22.02.2020
0
2327
O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Olmaota shahrida Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020 yilning 17-21 fevral kunlari Olmaota shahrida Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyati va Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlari chegaralari tutashgan uchastkada davlatlararo chegarani demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlari loyihalari tayyorlandi.

Komissiya 2020 yil uchun O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top