08:50 / 22.02.2020
0
8505

Xabarovskda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Xabarovskda sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasidan so‘ng kasalxonaga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi 2020 yil 30 yanvar kuni Xabarovsk o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasidan so‘ng Xabarovsk shahri kasalxonasiga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi S.F. komadan chiqmay 14 fevral kuni kasalxonada vafot etganini ma'lum qildi.

TIV xabariga ko‘ra, mazkur vaziyat bosh konsulxonaning doimiy nazoratida bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi – Yoqutiston, Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top