09:47 / 22.02.2020
1
27720
Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Dolli Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi

Dolli Allayev 
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Dolli Hakimovich Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

D. Allayev bunga qadar Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi farmoni asosida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.

Vazirlikning joylardagi boshqarmalariga yuklatilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri – jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatishdan iboratdir.

Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimining yangi o‘rinbosari tayinlangandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top