00:52 / 23.02.2020
0
6778
Eronning ayrim hududlarida koronavirus sababli o‘quv muassasalari yopildi
Foto: Reuters

Eron madaniyat vazirligi 28 fevralgacha butun mamlakat bo‘yicha madaniy dasturlar bekor qilinganligini ma'lum qildi.

Eronning koronavirus aniqlangan qator hududlarida, jumladan butun Qum viloyatida kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘quv muassasalari yopib qo‘yildi. 
Koronavirusga chalinish holatlari birinchi bo‘lib aniqlangan va kasallikka chalinganlar eng ko‘p bo‘lgan Qum viloyati hokimiyati maktab va universitetlarni ikki kunga – yakshanba va dushanba kunlari yopishga qaror qildi.

Markaziy viloyatida esa maktablarni bir haftaga yopishga qaror qilindi.  

IRIB teleradiokompaniyasi G‘ilon viloyatidagi maktablar chorshanbagacha, Guliston viloyatida esa yakshanba va dushanba kunlari yopilishini xabar qildi.

Eron madaniyat vazirligi 28 fevralgacha butun mamlakat bo‘yicha madaniy dasturlar bekor qilinganligini ma'lum qildi.

Ayni paytgacha Eronda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 28ta holat qayd etilgan bo‘lib, ulardan beshtasi o‘lim bilan tugagan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, kasallikka chalinganlar asosan Qum viloyatida istiqomat qiladi yoki bu yerda bo‘lgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top