11:20 / 23.02.2020
0
14604

Fyuri Uaylderning kamarini tortib oldi

Las-Vegasda amerikalik Deontey Uaylder (43-1-1, 41 KO) va britaniyalik Tayson Fyuri (30-0-1, 20 KO) o‘rtasida revansh jang bo‘lib o‘tdi.

O‘rtaga WBC kamari tikilgan jangda Tayson Fyuri muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qayd etish kerakki, jangdan avval Fyurining vazni Uayldernikidan 19,4 kg og‘irroq chiqqandi.

Jang to‘liq Fyuri ustunligida kechdi.

Foto: Bleacher Report

Uaylder uchinchi va beshinchi raundlarda nokdaun holatiga tushib qoldi.

Foto: Bleacher Report

Yettinchi raundga kelib Fyurining ketma-ket zarbalaridan keyin amerikalik bokschining sekundantlari ringga oq sochiq tashlashgach, referi jangni to‘xtatdi.

Foto: Bleacher Report

Shu tariqa Tayson Fyuri WBC kamari uchun jangda g‘olib bo‘ldi va The Ring jurnali talqini bo‘yicha bo‘sh turgan chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Bu ushbu sportchilarning ikkinchi o‘zaro jangi edi. Ular birinchi marta 2018 yil 1 dekabrida mushtlashishgan, 12-raundlik jang davomida Fyuri ustunlik qilgan, ammo so‘nggi raundda Uaylder raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirib, durang natijaga erishgan hamda jahon chempionligi kamarini himoya qilgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top