02:04 / 23.02.2020
0
14090
JSST Xitoydan tashqarida koronavirusga chalinganlar sonini ma'lum qildi
Foto: Reuters

Xitoydan tashqari yana 28 mamlakatda koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, oxirgi 24 soat ichida virus yana ikki mamlakat - Livan va Isroilga tarqalgan.

Xitoydan tashqarida koronavirusga chalinganlar soni 1402 nafarga yetdi, deb xabar berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

JSST ma'lumotiga ko‘ra, bir sutka ichida koronavirusga chalinish holati 202taga oshgan.

Xitoydan tashqari yana 28 mamlakatda koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, oxirgi 24 soat ichida virus yana ikki mamlakat - Livan va Isroilga tarqalgan. Jami 11 kishi vafot etgan.

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 76 mingdan oshib ketdi, 2345 kishi vafot etdi, 20 mingdan ortiq kishi tuzaldi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top