21:56 / 24.02.2020
0
6498
Consumer Repors talqiniga ko‘ra eng yaxshi avtomobil brendlari ma'lum qilindi 

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan Consumer Repors notijorat tashkiloti AQShdagi avtomobil brendlarining navbatdagi tadqiqotini o‘tkazib, eng yaxshi brendlarni ma'lum qildi.

Foto : KUN.UZ

Mutaxassislar bir qator sinovlar, so‘rovnoma, asosiy xavfsizlik tizimlari mavjudligi va “prognoz qilinuvchi ishonchlilik” mezonlari bo‘yicha eng yaxshi brendlar reytingini tuzishdi. 

Reytingning yetakchisi Porsche bo‘ldi. Nemis markasining Consumer Repors tomonidan sinalgan barcha uch modeli xarid uchun tavsiya qilingan, mijozlar mamnunligining eng yuqori koeffitsiyenti, yuqori ishonchlilik va xavfsizlikni ko‘rsatgan.

2-o‘rinni Janubiy Koreyaning Genesis, 3-o‘rinni esa Subaru markalari egallagan.

Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, Mazda, Lexus, Audi, Hyundai, BMW, Kia va MINI brendlari joy olgan.

33 brenddan iborat reytingning oxiri pog‘onasini Fiat markasi egallagan. Shuningdek, GMC (26-o‘rin), Alfa Romeo, Jaguar, Cadillac, Land Rover, Jeep va Mitsubishi brendlari ham ro‘yxatning oxiridan joy olgan.

Consumer Repors mutaxassislarining ma'lum qilishicha, avtomobillarning yo‘lda sinalishi anonim tarzda o‘tkazilgan, mashinalar egalarining mamnunligini baholash uchun ularning bu markadagi mashinani yana sotib olishlari-yo‘qligi so‘ralgan, “prognoz qilinuvchi ishonchlilik” mashina egalarining tezkor sinovi yordamida hisoblangan, xavfsizlik esa mashinaning bazaviy komplektatsiyasida faol va passiv himoya tizimlari mavjudligi bilan baholangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top