11:23 / 24.02.2020
0
20333
Dollarning rasmiy kursi tushishda davom etmoqda

Markaziy bank 25 fevraldan valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 2,21 so‘mga tushib, bir dollar 9526,28 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 10 so‘mga ko‘tarilib, 10 329,35 so‘mga teng bo‘ldi.

O‘z navbatida rubl kursi 1,25 so‘mga arzonlashgan va 1 rubl 148,82 so‘mga teng bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta pasaymoqda. O‘tgan haftada rasmiy kurs 10,67 so‘mga tushib, bir dollar 9528,49 so‘mni tashkil qilgan, yevro kursi esa 119,35 so‘mga pasayib, 10 319,35 so‘mga teng bo‘lgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top