09:21 / 24.02.2020
0
27120
Koronavirus qurbonlari soni 2500 kishidan oshdi

Xitoyning materik qismi hududida, Xubey provinsiyasidan tashqarida bir kishi vafot etdi. Davolanganlarning umumiy soni 24000dan oshdi

Foto: Anmar Khalil / AP

XXR Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida koronavirus qurbonlari soni 150 kishini tashkil etdi. SCMP ma'lumotiga qaraganda, dunyoda yangi kasallikdan 2592 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Xitoylik shifokorlar ma'lumotlariga ko‘ra, Xubey provinsiyasida 149 kishi vafot etdi, Xaynan orolida bu raqam bir kishini tashkil qildi. Epidemiya davrida mamlakatda jami 49824 kishi kasallangani qayd etildi.

Xitoyning materik qismi hududida jami 409ta yangi kasallanish holati ro‘yxatga olindi, bu bu avvalgi kunga nisbatan kamroq. Ulardan 398 kishi dastlab koronavirus tarqalishi aniqlangan Xubey provinsiyasida kasallandi.

Shuningdek, Xitoy tibbiyot rasmiylari xabar berishicha, oxirgi bir sutka ichida 1846 kishi sog‘lom deb topilgan hamda kasalxonadan chiqarilgan. Davolanganlarning umumiy soni 24000dan oshdi.

SCMP hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 79 mingdan ortiq odam kasallandi. Xitoydan tashqari, Yaponiya, Janubiy Koreya va Italiyada eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etildi.

Kasallik qurbonlarining eng ko‘p soni Eronda kuzatildi (8). Janubiy Koreyada yetti kishi, Yaponiyada to‘rt kishi, Italiyada uch kishi vafot etdi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top