17:41 / 24.02.2020
1
7995

Sodiq Safoyev: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi O‘zbekistonning geosiyosiy jihatdan yangi bosqichga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin

Xalqaro press-klubning tashqi siyosatga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov va boshqalar ishtirok etdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Sodiq Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda tinchlikning o‘rnatilishi O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatdan yangi bosqichga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

“Afg‘onistonda tinchlikning o‘rnatilishi O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatdan yangi bosqichga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Globallashuvning eng asosiy jihati bu bog‘liqlikdir. Agar buni qaysi davlat tushunib yetsa, boshqa davlatlar bilan ochiqlik siyosatini olib boradi. Yiliga terroristik harakatlardan dunyo bo‘ylab 24 ming odam halok bo‘lmoqda. Bu mojarolar bitta yoki ikkita davlatga emas, balki juda ko‘p davlatlarga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda.

O‘tgan yil butun dunyodagi iqtisodiy o‘sish tendensiyasi oxirgi o‘n yildagi eng past ko‘rsatkichni ko‘rsatdi. Bu shubhasiz, O‘zbekistonga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qo‘ymaydi”, - dedi Sodiq Safoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili prezident ishtirokida 18ta oliy darajadagi uchrashuv tashkil etildi. 

“Bular haqida siz OAVdan bilib olmoqdasiz.  Biroq, bu jarayonlarning barchasi nihoyatda mashaqqatlidir. Ushbu uchrashuvlar ortida minglab tahlillar, xulosalar va natijalar yotadi”, - deydi Senat raisining birinchi o‘rinbosari.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top