23:47 / 24.02.2020
0
31372
Xitoyda koronavirusga qarshi samarali vaksina ishlab chiqilgani ma'lum qilindi 

Xitoyda koronavirusga qarshi samarali vaksina ishlab chiqildi. Biroq uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerak.

Foto: Getty Images

Bu haqda Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey ma'lum qildi.

“Xitoyda koronavirusga qarshi immunitet ko‘rsatuvchi vaksina ishlab chiqildi. Biroq bu boshlanishidir, uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerak”, deb aytgan elchi.

U, shuningdek, koronavirusni davolashda samarali dori vositalari topilganini ma'lum qilgan.

“Amaliyotning ko‘rsatishicha, Xitoy dorilari samarali ta'sir ko‘rsatmoqda. Dorilar qo‘llangan barcha holatda birorta og‘irlashish holati bo‘lmagan.  Xitoy dorilarining umumiy samaradorligi 85 foizdan, ba'zi joylarda 90 foizdan ko‘proqni ko‘rsatmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan diplomat. 

Chjan Xanxueyning ta'kidlashicha, Xitoyda koronavirusga qarshi samarali ta'sir qiluvchi ancha yildan beri qo‘llanuvchi dori topilgan. Bu bir necha o‘n yillardan beri bezgakka qarshi qo‘llanuvchi xloroxina fosfatdir.  

“Shuningdek, sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan yana bir eski dori bor. Hozircha shu ikki dori samarali hisoblanmoqda. Koronavirusni yengishning eng samarali usuli – Yevropa tibbiyotini Xitoy tibbiyoti bilan birgalikda qo‘llashdir”, deb qo‘shimcha qilgan elchi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top