20:30 / 25.02.2020
0
17732

Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari koronavirusga chalingani aniqlandi

Qayd etilishicha, avvalroq o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bir necha bor yo‘talgani kuzatilgan.

Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iraj Harirchi koronavirusga chalindi, deb ma'lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi Ali Rizo Vahobzoda.

"Keyingi kunlarda koronavirusga qarshi kurashning old qatorida bo‘lgan doktor, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Harirchida koronavirus aniqlandi", - deb yozdi Vahobzoda Twitter sahifasida.

Qayd etilishicha, avvalroq Harirchi va Eron hukumati vakili ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bir necha bor yo‘talgani kuzatilgan.

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 77 ming nafardan oshdi, 2592 kishi vafot etdi, 24 mingdan ortiq kishi tuzaldi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top