15:36 / 25.02.2020
0
33180
To‘rtta viloyatda IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Andijon, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining o‘rinbosarlari tayinlandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlangan.

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, podpolkovnik Omirbay Keulimjayevich Turdiboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O.Turdiboyev

Tayinlovga qadar O.Turdiboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Muhammadjon Sodiqjonovich Nishonov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

M.Nishonov

Tayinlovga qadar M.Nishonov Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Jonibek Hamidovich Boltayev Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Boltayev

Tayinlovga qadar J.Boltayev Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Jo‘rabek Fayzullayevich Avazov Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Avazov

Tayinlovga qadar J.Avazov Jizzax viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Umid Nosirovich Yaxshiyev Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U.Yaxshiyev

Tayinlovga qadar U.Yaxshiyev Qashqadaryo viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top