00:10 / 25.02.2020
0
68014

Ilhom Ne'matov lavozimini tark etdi

Ilhom Ne'matov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi egallagan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom To‘ychiyevich Ne'matov lavozimini tark etgan. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilingan. Endilikda Ilhom Ne'matov vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini Farhod Arziyev egallagan.

Farhod Arziyev Foto: icmei.in

Farhod Arziyev 2017 yilning mayida O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tasdiqlangandi. U ilgari O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida maslahatchi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Ne'matov 2018 yilning noyabridan buyon Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top